А A
12:10:42 16.12.2019 Dushanba
 

15:49 | 18 September 2014

Fuqarolar murojaati

1. Umumiy qoidalar

1.1.  O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida”gi 1994 yil 6 may kuni № 1064-XII sonli Qonuniga  (2002 yil 13 dekabr №446-II sonli qonun bilan yangi tahriri tasdiqlangan) muvofiq  tartib ishlab chiqilgan.

1.2. Fuqarolarning og’zaki va yozma murojaatlari teng axamiyatga ega. Fuqarolarning murojaatlari individual va jamoa tartibda berilishi mumkin.

1.3. Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko’rinishida bo’lishi mumkin.

Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko’rinishida bo’lishi mumkin.

Ariza fuqarolarning o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro’yobga chiqarishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir.

Taklif fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini o’z ichiga olgan murojaatidir.

Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talabi bayon etilgan murojaatidir.

2. Fuqaro murojaatlarini ko’rib chiqish

2.1. “Paxtasanoat Ilmiy markazi”ga kelib tushgan fuqarolarning og’zaki va yozma murojaatlarini qayd etish, ko’rib chiqish va nazoratining sxemasi 1-sonli ilovada berilgan.

2.2. Paxtasanoat Ilviy markaziga kelib tushgan murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak.

Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo’lishi lozim. Murojaatga shaxsiy imzo qo’yish imkoni bo’lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo’yiladi.

Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilmagan yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko’rsatilgan, shuningdek imzo qo’yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko’rib chiqilmaydi.

2.3. Fuqarolarning murojaatlari, agar ular qo’yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga yuborilgan bo’lsa, uzog’i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo’natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi. Agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga jo’natish uchun zarur ma’lumotlar bo’lmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning o’ziga qaytariladi.

Fuqarolarni hamda ularning oila a’zolarini o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro’yobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat etganliklari uchun ta’qib qilish man etiladi.

2.4. Fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqishda fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlar oshkor etilishiga yo’l qo’yilmaydi, ulaning xavfsizligi qonun tomonidan kafolatlanadi.

3. Fuqarolarning yozma  murojaatlarini qabul va qayd qilish 

3.1. “Paxtasanoat Ilmiy markazi”da bo’yicha ish yuritish boshqa ish yuritish turlaridan aloxida, davlat tilida olib boriladi.

3.2. Barcha fuqarolarning “Paxtasanoat Ilmiy markazi”da kelib tushayotgan yozma  murojaatlari,ishga joylashish bo’yicha murojaatlaridan tashqari,  qabul qilinadi  va murojaat kelib tushgan kuni qayd etiladi maxsus jurnalda.  Xatning  qayd etish indeksi kelib tushgan  xatning  birinchi betining pastki o’ng  tomonida  qayd  etish shtamp bosilgan joyida  ko’rsatiladi. Qayd etish indeksi mualifning familiyasining birinchi  xarfi va kelib tushgan xatning  tartib raqami iborat (masalan, A-5). Tartib raqamlar  yilning boshidan qaytatdan boshlanadi. Xatning muqovalari saqlaniladi, agar ularga asosan  ashash manzilini aniqlash mumkin bo’lsa.

3.3. Fuqarolarning   murojaatlari takroriy xisoblanadi kuyidagi xolatlarda,  bir shaxsdan bir xil savol bo’yicha, agar birinchi xatning kelib tushgan sanasi qonunchilikda belgilangan xal etish muddatdan oshib ketganda yoki javob bilan qoniqmagan xolda.

Takroriy murojaatlar kelib tushganda navbatdagi  qayd etish  indeksi beriladi, va qayd nazorat kartochkasida aloxida grafada  birinchi xatning qayd etish indeksi  belgilanadi. Xatning yuqori o’ng tomonida va nazorat kartochkada  “takroriy” belgisi qayd etiladi va oldingi  xujjatlar to’planadi.

Bir shaxsning xar-xil manzillarga  yuborilgan,  bir xil mavzu bo’yicha  murojaatlari va “Sifat” markaziga ko’rib chiqish uchun kelib tushgan xat, birinchi xatning  qayd etish raqami ostida kasr orqali tartib raqamini qo’shib  xisoblanadi (masalan: A-5/1, A-5/2 va x.k.)

3.4. Yozma murojaatlar, qayd etilgandan keyin, “Paxtasanoat Ilmiy markazi” raxbariyati tanishishi uchun   raxbariyat qoshidagi  bosh mutaxassisga  beriladi. Raxbariyat tomonidan murojaat ko’rib chiqib va raxbarnning munosabati bilan, devonxona orqali markazning yuridik bo’limi boshlig’i   va mas’ul xodimlarga ijro uchun topshiriladi. Shunda markazning yuridik bo’limi boshlig’i   “Fuqarolarning qabul qilish  va kelib tushayotgan murojaatlarini qayd etish kartochkasi”ni to’ldiradi.

3.5. Agar fuqaroning  yozma murojaatini ko’rib chiqish  bir nechta mansabdor shaxslarga yuklatilsa, munosabatda birinchi ko’rsatilgan shaxs  murojaatni o’z vaqtida va sifatli ijrosi bo’yicha nazoratni olib boradi, ijrochi etib esa munosabatda oxirgi shaxs ijrochi deb  belgilanadi

Fuqarolarni qabul qilish

“Paxtasanoat Ilmiy markazi”ning apparatida Fuqarolarni qabul qilish  tasdiqlangan  grafik bo’yicha Bosh direktor, Bosh direktorning o’rinbosari, bo`linmalar  boshliqlar  tomonidan amalga oshiriladi.

 

 

Ishonch telefoni

phone2

+998 73 539-12-42

December 2019
M T W T F S S
« Jan    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031  

O'zbekiston paxta tozalash korhonasi rasmiy sayti

Sayt materiallaridan qisman yoki to'liq foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi majburiy

Farg'ona viloyati, Yaypan shahar, Ibn Sino ko'chasi 38 uy.

Saytning so`nggi yangilangan sanasi
2015, 21 Март, Шанба, соат 20:30