А A
03:08:59 18.10.2020 Yakshanba

10:17 | 11.11.2016

O‘zbekiston Prezidentligiga O‘zLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)dan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Foto: O‘zA

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.

1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.

“1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996—2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001—2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi”, — deyiladi O‘zLiDeP axborotida.

Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995—2003-yillarda Oliy Majlis deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.

Shavkat Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.

“Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuksak ishonchini qozonib, uning yaqin safdoshi va maslakdoshi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda”, — deyiladi partiya axborotida.

***

2016-yil 8-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida parlament palatalarining qo‘shma qaroriga muvofiq O‘zbekiston Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.

Shavkat Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir o‘g‘li, besh nafar nabirasi bor. Rafiqasi Z.M. Hoshimova — mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.

Shavkat Mirziyoyev “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Ishonch telefoni

phone2

+998 73 539-12-42

October 2020
M T W T F S S
« May    
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031  

O'zbekiston paxta tozalash korhonasi rasmiy sayti

Sayt materiallaridan qisman yoki to'liq foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi majburiy

Farg'ona viloyati, Yaypan shahar, Ibn Sino ko'chasi 38 uy.

Saytning so`nggi yangilangan sanasi
2015, 21 Март, Шанба, соат 20:30