А A
07:54:57 14.08.2020 Juma

14:23 | 10.11.2016

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zLiDeP

Foto: O‘zLiDeP

Uchrashuvni O‘zLiDePning Samarqand viloyati kengashi raisi M. Xolmuhamedov ochdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh etish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, mamlakatdagi tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan. Unda ijro hokimiyati faoliyati samaradorligini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kuchaytirish, sud hokimiyatining mustaqilligini va odil sudlovni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish, ozuqabop va eksportbop ekinlarni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash, hayot sifati va farovonligini yuksaltirish kabi muhim masalalar o‘z ifodasini topgan.

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o‘tdi. Samarqand shahri va viloyatning barcha tumanlari markazidan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

“Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi kengashi raisi H. Normurodov, shoira X. Bobomurodova, mehnat faxriysi A. Hoshimov, Payariq tumanidagi 6-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi A. Shulga, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Payshanba shaharcha fuqarolar yig‘ini raisi Q. Ahmedov, Ishtixon tumanidagi 87-umumta’lim maktabi direktori Sh. Umirov va boshqalar dasturda belgilangan vazifalar mamlakatni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlari milliy qonunchilik va xalqaro demokratik tamoyillarga to‘la mos ravishda o‘tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Ishonch telefoni

phone2

+998 73 539-12-42

August 2020
M T W T F S S
« May    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31  

O'zbekiston paxta tozalash korhonasi rasmiy sayti

Sayt materiallaridan qisman yoki to'liq foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi majburiy

Farg'ona viloyati, Yaypan shahar, Ibn Sino ko'chasi 38 uy.

Saytning so`nggi yangilangan sanasi
2015, 21 Март, Шанба, соат 20:30